Biznes uçun veb-studiya
Körinişi qimmat saytlar.
Instagram va Telegramdan kirgan mijoz birinçi ekrandanoq sizga işonsin va buyurtmani raqobatçiga emas, sizga bersin. Sayt öz suratlaringiz va menyungizdan, uç tilda, buyurtmalar esa töğridan-töğri Telegramingizga keladi.
Nega aynan hozir
99%
Özbekistondagi internet foydalanuvçilari Telegramda
Yandex, Q2 202590%
internetga asosan smartfondan kiradi
Yandex, Q2 202530%
Telegram-bot orqali allaqaçon xarid qilgan
Yandex, Q2 202514,1mln
Özbekistondagi Instagram foydalanuvçilari
DataReportal, Digital 2026
Mijozlaringiz allaqaçon telefonda va Telegramda. Gap şundaki: havolangizni oçganda ular nimani köradi?
Iş namunasi
KonseptOnegin Boulangerie
Toşkentdagi novvoyxona va qandolatxona. Bu saytni ularning oçiq Instagram va Telegram sahifalari asosida öz taşabbusimiz bilan yaratdik — sayti qanday bölişi mumkinligini körsatiş uçun. Bu buyurtma emas, konsept. Siz bilan ham aynan şunday boşlaymiz.
Bitta sayt.
Istalgan ekranda.










02
Buyurtma tayyor holda keladi
Mijoz mahsulot, miqdor, kun va olib ketiş usulini tanlaydi. Novvoyxonaning Telegramida tayyor buyurtma matni oçiladi — ortiqça yozişmalarsiz.

03
Manzil va yöl — bir qaraşda
Manzil, iş vaqti va xaritadagi nuqta darhol körinadi. Yandex yoki Google’da yöl körsatiş, bir bosişda qönğiroq.

04
Lentaning eng sara suratlari
Instagramdagi suratlar çeksiz lentada emas — tartibli törda va töliq ekranda.

05
Har qanday telefonda tez oçiladi
Jonli saytning mobil Lighthouse natijalari.
Lighthouse, mobil rejim. Jonli saytni özimiz ölçadik, 12.11.2026.
Instagram bor-ku, sayt nimaga kerak?
Suratlar öşa. Darajasi boşqa.
Mijozlar sizni faqat lentadan topayotgan va buyurtmalar yetarli bölsa, Instagramning özi kifoya qilişi mumkin. Köproq istasangiz, sayt kerak böladi:
- 01
Sizni lentadan taşqarida ham topişadi
Saytni Google va Yandex qidiruvda çiqaradi, xaritalar va Telegram-kanallardan unga havola qöyiladi.
- 02
Hammasi bitta havolada
Menyu, narxlar, manzil, iş vaqti va yetkazib beriş — Directdagi «qança turadi?» degan savollar örniga.
- 03
Yozişmalarsiz buyurtma
Mijoz buyurtmani özi yiğadi, sizga Telegramda tayyor matn keladi.
- 04
Bitta platformaga qaram emassiz
2021-yil noyabrida Özbekistonda Telegram, Instagram va Facebook bir neça soat işlamay qoldi, onlayn bizneslar buyurtmalarini yöqotdi. Sayt esa sizniki bölib qoladi. Kun.uz, 2021


Tavakkalsiz
Avval — bepul konsept. Tölov — faqat davom ettirişga qaror qilsangiz.
- Maket yoki vaʼda emas — öz materialingiz asosidagi işlaydigan saytni körasiz
- Sizdan faqat Instagram havolasi kerak
- Saytni yaratayotgan odamning özi bilan gaplaşasiz
Iş tartibi
Havoladan işga tuşirişgaça — tört qadam.
- 01
Örganamiz
Instagram va Telegramingizni körib çiqamiz: suratlar, menyu, manzil, mijozlar bilan qanday muloqot qilişingiz.
- 02
Bepul konsept
Materialingiz asosida işlaydigan sayt konseptini tayyorlab, havolasini yuboramiz.
- 03
Tuzatişlar
Hammasi sizga maʼqul bölgunça birga sayqallaymiz.
- 04
Işga tuşiriş
Domen va hostingni ulaymiz — sayt mijozlar uçun oçiq.
Nimalar kiradi
Biznesingiz internetda jiddiy körinişi uçun kerak bölgan hamma narsa.
- 01
Öz materialingizdan sayt
Ijtimoiy tarmoqlaringizdagi suratlar, menyu, manzil va hikoyangiz. Stok rasmlar va tayyor şablonlarsiz.
- 02
Buyurtmalar Telegramga
Mijoz buyurtmani saytda yiğadi, sizga tayyor matn keladi.
- 03
Uç til
Özbek, rus va ingliz tillari. Sahifa yangilanmasdan almaşadi.
- 04
Avvalo telefon uçun
Mijozlar havolani köpinça Androidʼda, Telegram içida oçadi. Sayt eng avvalo şunga moslangan.
- 05
Hosting va domen
Hostingni sozlaymiz, domeningizni ulaymiz.
- 06
Buyurtmalar uçun Telegram-bot sörov böyiça
Qöşimça xizmat, sörov böyiça.
Savollar
Oçiq javoblar.
Instagramim bor. Sayt nimaga kerak?
Instagram eʼtiborni tortadi, sayt esa qaror qabul qilişga yordam beradi. Saytda mijoz bir daqiqada menyu, narx va manzilni topib, buyurtma beradi, sizni esa Google va Yandex’da topişadi. Agar buyurtmalar hozir ham yetarli bölsa, sayt kutib tursa böladi — buni oçiq aytamiz.
Narxi qança?
Narxni qisqa suhbatdan keyin aytamiz: neçta sahifa va til kerakligiga, Telegram orqali buyurtma kerak-kerakmasligiga boğliq. Konsept bepul — unga qadar heç narsa tölamaysiz.
Qança vaqt ketadi?
Muddatni iş boşlanişidan oldin, suhbatda, loyiha hajmiga qarab aytamiz.
Nimalarni tayyorlab qöyişim kerak?
Deyarli heç narsa. Instagram yoki Telegram havolasini yuboring — suratlar, menyu va manzilni öşa yerdan olamiz, bir-ikki savolni aniqlaştiramiz.
Sizga işonsa böladimi?
Har qanday tölovdan oldin işlaydigan konseptni körasiz. Yuqoridagi namuna — jonli sayt, uni telefoningizda oçib körişingiz mumkin. Yana: siz asosçining öziga, vositaçilarsiz yozasiz.
Işga tuşgandan keyin saytni kim yangilab boradi?
Buni iş boşlanişidan oldin kelişib olamiz: menyu, narx va suratlarni kim va qanday özgartiradi.
Özbek tilida böladimi?
Albatta. Özbek, rus va ingliz tillari — sahifa yangilanmasdan almaşadi.
Saytni kim qiladi
Abdulqodir Miraliyev
Almali’s Studio asosçisi
Toşkentdagi Inha Universityʼda dasturlaş yönalişida öqiyman va Oydin loyihasini yaratyapman. Siz men bilan töğridan-töğri gaplaşasiz — menejerlarsiz.
Bepul konsept
Saytingiz qanday bölişi mumkinligini körsatamiz.
Biznes turini tanlang va havola qoldiring — Telegram tayyor xabar bilan oçiladi. Biz javob berib, bepul konsept taklif qilamiz.